4-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligining asosiy prinsiplari
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida (O‘RQ-369-son) · Sana: 05.05.2014 · Amalda
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
ular tomonidan taqdim etiladigan axborotdan hammaning foydalanishi mumkinligi, uning oʻz vaqtida berilishi va ishonchliligi;
ular faoliyatining oshkoraligi va shaffofligi;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni izlash, olish va tarqatish erkinligi;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati toʻgʻrisida axborot taqdim etishda fuqarolarning oʻz shaʼni va qadr-qimmatini tajovuzlardan, oʻz shaxsiy hayotiga aralashuvlardan himoya qilishga boʻlgan huquqlari va qonuniy manfaatlariga, shuningdek fuqarolar va yuridik shaxslarning oʻz ishchanlik obroʻsini himoya qilishga boʻlgan huquqlariga rioya etish.
