3-modda. Ushbu Qonunning qoʻllanilish sohasi
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida (O‘RQ-369-son) · Sana: 05.05.2014 · Amalda
Ushbu Qonun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ularning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari faoliyatining ochiqligini taʼminlashga nisbatan tatbiq etiladi.
Ushbu Qonunning amal qilishi:
jismoniy shaxslarning shaxsiga doir maʼlumotlardan foydalanishni taʼminlash tartibiga;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan arizalar, takliflar hamda shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibiga;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari oʻz vakolatlarini amalga oshirishi munosabati bilan ular tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlariga oʻz faoliyati toʻgʻrisida axborot taqdim etish tartibiga;
taqdim etilishining oʻziga xos xususiyatlari boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatiga taalluqli boʻlgan axborotning ayrim turlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
