16-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ekologik nazorat sohasidagi huquqlari va majburiyatlari
Ekologik nazorat toʻgʻrisida (O‘RQ-363-son) · Sana: 27.12.2013 · Amalda
Nodavlat notijorat tashkilotlari oʻz ustavlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
atrof muhitni muhofaza qilishni, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlash masalalari boʻyicha qarorlar tayyorlashda, shuningdek davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish;
jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish;
atrof muhit holatini va atrof muhitning ifloslanishiga hamda tabiiy resurslardan nooqilona foydalanishga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni kuzatib borishda ishtirok etish;
ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
maxsus vakolatli davlat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga davlat, idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirishda oʻz vakilining kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi toʻgʻrisida takliflar kiritish;
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik buzilishining oʻzi tomonidan aniqlangan fakti toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarini, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni xabardor qilish;
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchiliklarining talablari buzilganligi aniqlangan faktlar yuzasidan choralar koʻrish toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga takliflar kiritish;
atrof muhitning holati, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mazkur sohadagi qonunchilik buzilishi yuzasidan aniqlangan faktni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga murojaat qilish va axborot olish;
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalariga doir jamoatchilik fikrini oʻrganishni, jamoatchilik ekologik ekspertizasini oʻtkazish;
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining atrof muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, obodonlashtirilishi hamda koʻkalamzorlashtirilishi masalalariga doir axboroti hamda hisobotlarini eshitishda ishtirok etish;
