11-modda. Ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari, ularning vakolatlari
Ekologik nazorat toʻgʻrisida (O‘RQ-363-son) · Sana: 27.12.2013 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi maxsus vakolatli davlat organlaridir.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi boshqa maxsus vakolatli davlat organlarining davlat ekologik nazorati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
Maxsus vakolatli davlat organlari:
ekologik nazorat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi;
davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarni, shu jumladan atrof muhitning davlat monitoringi dasturini ishlab chiqishda ishtirok etadi hamda ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
belgilangan tartibda ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, shuningdek ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
ekologik nazoratning boshqa subyektlari va ommaviy axborot vositalari bilan davlat ekologik nazorati masalalari boʻyicha hamkorlik qiladi;
idoraviy, ishlab chiqarish ekologik xizmatlarini davlat ekologik nazoratida ishtirok etish uchun jalb qiladi;
idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishda uslubiy yordam koʻrsatadi hamda koʻmaklashadi.
Maxsus vakolatli davlat organlari quyidagi sohalarda davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi — atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida, ushbu qismning uchinchi — toʻqqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan sohalarni nazorat qilish bundan mustasno;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi — atrof muhitning radioaktiv, kimyoviy, biologik moddalar bilan ifloslanishi, ichimlik suvi taʼminoti, atmosfera havosiga fizik omillarning zararli taʼsir koʻrsatishi yuzasidan;
