10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ekologik nazorat sohasidagi vakolatlari
Ekologik nazorat toʻgʻrisida (O‘RQ-363-son) · Sana: 27.12.2013 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ekologik nazorat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
davlat ekologik dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi;
davlat ekologik nazoratini, shuningdek atrof muhitning davlat monitoringini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
idoraviy, ishlab chiqarish, jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi, ekologik xizmat haqidagi, shuningdek ekologik nazoratning jamoatchi inspektori toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlaydi;
ekologik nazorat sohasidagi xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
