20-modda. OIVni yuqtirib olganlarni ijtimoiy muhofaza qilish
Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisida (O‘RQ-353-son) · Sana: 23.09.2013 · Amalda
OIVni yuqtirib olganlar bepul maxsus davolanadi.
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIVni yuqtirib olganlar, kasallik bosqichidan qatʼi nazar, qonunchilikda belgilangan har oylik ijtimoiy nafaqa va nogironligi boʻlgan bolalar uchun imtiyozlar olish huquqiga ega.
OIVni yuqtirib olgan bolalarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar ishdan vaqtincha ozod qilingan va vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini olgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda bolalar bilan birga davolash-profilaktika muassasasida statsionar sharoitlarda boʻlish huquqiga ega.
Qonunchilikda OIVni yuqtirib olganlarni va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy muhofaza qilishning boshqa chora-tadbirlari ham belgilanishi mumkin.
