5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari
Mudofaa toʻgʻrisida (641-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Kuchini yo'qotgan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti:
Oʻzbekiston Respublikasi davlat manfaatlariga qurolli xuruj qilingan taqdirda respublika mudofaasini taʼminlash, uning mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, erkinligini himoyalashning zarur chora-tadbirlarini koʻradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirini tayinlab, soʻngra uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tasdigʻiga taqdim etadi;
muayyan muddatga Qurolli Kuchlar tuzish, ularning strategik vazifalari rejasini, shuningdek safarbarlik rejasini tasdiqlaydi;
davlat idoralarining mudofaa sohasidagi faoliyatini tartibga solib turadi;
harbiy masalaga doir umumiy koʻlamda muzokaralar olib boradi va xalqaro shartnomalarni imzolaydi;
Oʻzbekiston Respublikasiga qurolli hujum qilingan taqdirda umumiy yoki qisman safarbarlik, urush holati eʼlon qiladi, ayrim hududlarda harbiy holat joriy etadi, harbiy vaqtning normativ hujjatlarini amalga kiritadi va ularning amal qilishini toʻxtatadi. Qabul qilgan qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tasdigʻiga kiritadi;
qarorlar qabul qiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga jangovar harakatlar yuritish toʻgʻrisida, shuningdek favqulodda hollarda ulardan foydalanish haqida buyruq beradi;
yuqori ofitserlar sostavini lavozimlarga tayinlaydi, ularga harbiy hamda maxsus unvonlar beradi, shuningdek ularning lavozimlari va unvonlarini pasaytiradi.
