4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining vakolatlari
Mudofaa toʻgʻrisida (641-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Kuchini yo'qotgan
Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashi:
mudofaa, harbiy qurilish, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilish masalalariga doir qonunlar haqiqatda bajarilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi;
Mudofaa konsepsiyasini, harbiy qasamyodni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirini;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining safarbar etish va safarbarlikdan boʻshatish toʻgʻrisidagi, qurolli hujum qilingan taqdirda harbiy holat eʼlon qilish haqidagi, urush holati eʼlon qilish toʻgʻrisidagi, harbiy harakatlar toʻxtatilgach sulh tuzish xususidagi, tinchlik va xavfsizlikni saqlash boʻyicha xalqaro shartnomalarga doir majburiyatlarni bajarish zarur boʻlib qolganda Qurolli Kuchlarni qoʻllash toʻgʻrisidagi, shuningdek Respublika manfaatlari uchun boshqa vazifalarni hal etishga doir farmonlarini tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasining harbiy masalalarga doir xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qiladi va bekor qiladi;
Qurolli Kuchlarning Bosh qoʻmondoniga oliy harbiy unvon beradi.
