1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasining asoslari
Mudofaa toʻgʻrisida (641-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Kuchini yo'qotgan
1. Oʻzbekiston Respublikasining mudofaasi — davlat mustaqilligini, hududiy yahlitlikni, respublika manfaatlari himoya qilinishini va aholining tinch hayot kechirishini taʼminlashga qaratilgan siyosiy, iqtisodiy, harbiy va ijtimoiy-huquqiy tadbirlar majmuidan iboratdir.
2. Mudofaaning maqsadlariga Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi chetdan qilinadigan hujumning oldini olish va har qanday tajovuz qilinishi mumkin boʻlgan sharoitda qurolli himoyalanishni uyushgan holatda qoʻllashning barcha zarur shart-sharoitini yaratish orqali erishiladi.
Z. Oʻzbekiston Respublikasini mudofaa qilish Qurolli Kuchlarning, iqtisodiyotning, aholining, hududning Oʻzbekiston Respublikasi harbiy doktrinasiga muvofiq tajovuzni daf etishga doim tayyorligiga asoslanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasining harbiy doktrinasi Qurolli Kuchlar tuzilishida mudofaalanish kifoya qilarli darajada boʻlishi qoidasiga amal qiladi va Oʻzbekiston Respublikasi:
urushni xalqaro muammolarni hal etishning usuli sifatida tan olmasligidan;
betaraflik yoʻlini tutishga intilishidan va yadro qurollarini yaqinlashtirmaslik, yadro qurollarini joylashtirmaslik, ishlab chiqarmaslik va sotib olmaslik qoidasiga rioya etishga harakat qilishidan;
bironta ham davlatga hududiy masalada daʼvo qilmasligidan va bironta ham xalqni dushman deb bilmasligidan;
basharti oʻzi tajovuz obyekti boʻlib qolmagan taqdirda biron-bir davlatga qarshi jangovar harakatlarni birinchi boʻlib boshlamasligidan iboratdir.
