“171-modda. Farzandlikka olishni bekor qilish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-352-son) · Sana: 30.04.2013 · Amalda
Farzandlikka olishni bekor qilishga faqat sud tartibida yoʻl qoʻyiladi. Farzandlikka olishni bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlarni hal qilishda oʻn yoshga toʻlgan bolaning fikri hisobga olinadi.
Sudning farzandlikka olishni bekor qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab sud uch kun ichida ushbu hal qiluv qaroridan koʻchirmani farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganligi roʻyxatga olingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuborishi shart”;
13) 172-moddaning:
nomidagi “Farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismidagi “Sud tomonidan farzandlikka olish haqiqiy emas deb topilganda yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismidagi “Farzandlikka olish haqiqiy emas deb topilganda yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
14) 210-moddaning matnidagi “Tuman, shahar hokimining farzandlikka olish toʻgʻrisidagi qaroriga” degan soʻzlar “Sudning farzandlikka olish toʻgʻrisidagi hal qiluv qaroriga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 211-moddaning:
nomidagi “yoki u haqiqiy emas deb topilganida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
matnidagi “yoki u haqiqiy emas deb topilganida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
16) 237-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan bolani farzandlikka olish farzandlikka oluvchi qaysi chet davlat fuqarosi boʻlsa, oʻsha davlatning vakolatli organi tomonidan amalga oshirilganligi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ruxsati oldindan olingan boʻlsagina Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb eʼtirof etiladi”.
27-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi 678–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 178-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 309-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
