27-modda. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini oʻtmagan yoki haqiqiy emas deb topish
“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-351-son) · Sana: 22.04.2013 · Amalda
Agar fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida fuqarolar yigʻinida ishtirok etuvchilar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolarning yarmidan kamrogʻi ishtirok etgan boʻlsa, saylov oʻtmagan deb topiladi. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi fuqarolar vakillarining yigʻilishlarida oʻtkazilgan taqdirda, agar yigʻilishda hovlilar, uylar, koʻchalardan hamda shaharchalar, qishloqlar va ovullar mahallalaridan fuqarolar vakillarining uchdan ikki qismidan kami ishtirok etgan boʻlsa, saylov oʻtmagan deb topiladi.
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari saylovi davomida yoki ovozlarni sanab chiqishda yoʻl qoʻyilib, ovoz berish yakunlariga taʼsir qilgan qoidabuzarliklar tufayli saylov sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
