26-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mulki
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-350-son) · Sana: 22.04.2013 · Amalda
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan barpo etilgan, olingan yoki qonunda belgilangan tartibda ularga berilgan jamoat, ijtimoiy-maishiy obyektlar va boshqa maqsadlarga moʻljallangan obyektlar, shuningdek transport vositalari, xoʻjalik anjomlari va boshqa koʻchar hamda koʻchmas mol-mulk ularning mulkidir.
Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mulki daxlsizdir va qonun bilan qoʻriqlanadi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻz mulki boʻlgan obyektlarni vaqtinchalik yoki doimiy foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berishga, ijaraga topshirishga, belgilangan tartibda oʻz tasarrufidan chiqarishga, shuningdek qonunchilikka muvofiq ushbu obyektlar bilan bogʻliq boshqa bitimlar tuzishga haqlidir.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kommunal xizmatlar, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashda qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanadi.
