16-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratining amalga oshirilishi
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-350-son) · Sana: 22.04.2013 · Amalda
Jamoatchilik nazorati fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
tegishli hududda qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarining ijro etilishi holatini oʻrganish;
tegishli choralar koʻrilishi uchun davlat organlariga murojaat etish;
davlat organlari vakolatiga kiruvchi va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar boʻyicha soʻrovlar yuborish.
Jamoatchilik nazorati qonunchilikka muvofiq boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Jamoatchilik nazorati ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin.
Davlat organlari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda koʻmaklashishi va qonunchilikka muvofiq ularning murojaatlari yuzasidan oʻz vaqtida chora-tadbirlar koʻrishi shart.
