14-modda. Fuqarolar yigʻini raisining vakolatlari
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-350-son) · Sana: 22.04.2013 · Amalda
Fuqarolar yigʻinining raisi:
fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini) chaqiradi;
fuqarolar yigʻiniga — masʼul kotibining, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar hamda taftish komissiyasi raislari va aʼzolarining nomzodlarini, fuqarolar yigʻini kengashiga — harbiy hisobni yuritish boʻyicha xodimning nomzodini tasdiqlash uchun taqdim etadi;
fuqarolar yigʻini va uning organlari tomonidan oʻz vakolatlarini amalga oshirishiga, shuningdek qarorlarni ijro etishga doir ishlarni tashkil etadi;
davlat organlarida, shu jumladan sudda, yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fuqarolar yigʻinining manfaatlarini ifodalaydi, fuqarolar yigʻini nomidan shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi;
fuqarolar yigʻini mablagʻlarini qonunchilikka muvofiq tasarruf etadi;
tegishli hududda maslahat markazlari ishini tashkil etadi;
egasiz mol-mulkni, meros tariqasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga oʻtgan mol-mulkni, shuningdek davolash muassasalarida turganligi munosabati bilan vaqtincha boʻlmagan yolgʻiz shaxslarning mol-mulkini, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarida yoki vasiylik va homiylikda turgan, oilaga tarbiyaga topshirilgan yetim bolalarning, ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning mol-mulkini saqlash boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradi;
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni suiisteʼmol qilishi natijasida fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisida yoki fuqaroni ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqida sudga ariza beradi;
kam taʼminlangan oilalarning, yetim bolalarning, ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning, shuningdek tabiiy ofatlardan va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan fuqarolarning moddiy va uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshilash toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga yangi dafn etish joylarini barpo etish va mavjud boʻlganlarini rekonstruksiya qilish haqida takliflar kiritadi;
