11-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va nodavlat notijorat tashkilotlarining yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishdagi ishtiroki
“Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-348-son) · Sana: 10.04.2013 · Amalda
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari:
mahalliy davlat hokimiyati organlariga, maxsus vakolatli davlat organlariga yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi tadbirlarni amalga oshirish hamda normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishga;
yoʻl-transport hodisalarining oldini olish boʻyicha tadbirlarda ishtirok etishga;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi qarorlar ishlab chiqilishida qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etishga haqli.
