12-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning huquqlari
Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-344-son) · Sana: 25.12.2012 · Amalda
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar:
ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan tezkor-qidiruv tadbirlarini oshkora va nooshkora oʻtkazish;
maxfiylik asosida koʻmaklashish istagini bildirgan shaxslar bilan pulli yoki bepul hamkorlik oʻrnatish;
yuridik yoki jismoniy shaxslarning roziligi bilan ularga tegishli xizmat joylari va turar joylardan, transport vositalari va boshqa mol-mulkdan foydalanish;
oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni hal etish uchun maxsus bilimlarga ega boʻlgan mutaxassislar yordamidan foydalanish;
video- va audioyozuv, kino- va fotosuratga olish vositalarini, shuningdek insonning hayoti va sogʻligʻi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfsiz boshqa texnika vositalarini qoʻllash;
tezkor-qidiruv uchun moʻljallangan axborot tizimlarini yaratish va ulardan foydalanish huquqiga ega.
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
