41-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish va taʼminlash borasidagi vakolatlari
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-342-son) · Sana: 24.12.2012 · Amalda
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hududda:
normativ-huquqiy hujjatlar oʻz vaqtida ijro etilishiga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) qarorlar qabul qiladi;
normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining tarqatilishini taʼminlaydi, normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha boshqa tashkilotlar bilan birgalikda zarur tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
tegishli davlat organlarining normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish boʻyicha ishlarini muvofiqlashtiradi va yoʻnaltiradi;
normativ-huquqiy hujjatlar ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, qonun hujjatlarining qoʻllanilishi amaliyotini oʻrganadi va, zarurat boʻlganda, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjatlarning turkumlashtirilgan hisobini yuritadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
