40-modda. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish hamda taʼminlash borasidagi vakolatlari
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-342-son) · Sana: 24.12.2012 · Amalda
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar oʻz vakolatlari doirasida:
normativ-huquqiy hujjatlar oʻz vaqtida ijro etilishiga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) qarorlar qabul qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijro etilishiga qaratilgan zarur normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishini amalga oshiradi;
normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining tarqatilishini taʼminlaydi, normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha boshqa tashkilotlar bilan birgalikda zarur tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash uchun oʻz xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, tegishli tarmoqda qonun hujjatlarining qoʻllanilishi amaliyotini oʻrganadi va, zarurat boʻlganda, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjatlarning turkumlashtirilgan hisobini yuritadi.
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
