29-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar eʼlon qilinadigan rasmiy manbalar
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-342-son) · Sana: 24.12.2012 · Amalda
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi”, “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari eʼlon qilinadigan rasmiy manbalardir.
“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami”, “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari eʼlon qilinadigan rasmiy manbalardir.
“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, shuningdek vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning rasmiy nashrlari vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari eʼlon qilinadigan rasmiy manbalardir.
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy nashrlari mazkur organlarning qarorlari eʼlon qilinadigan rasmiy manbalardir.
