21-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasining ekspertizasi
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-342-son) · Sana: 24.12.2012 · Amalda
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi shart.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiquvchining yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organning qaroriga koʻra iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy, ekologik, korrupsiyaga qarshi ekspertizadan, shuningdek boshqa turdagi ekspertizalardan oʻtkazilishi mumkin.
Ekspertlar sifatida normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda bevosita ishtirok etmagan tashkilotlar va (yoki) shaxslar jalb qilinadi. Ekspertiza oʻtkazish uchun olimlar va mutaxassislar, shu jumladan boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlardan olimlar va mutaxassislar jalb etilishi mumkin. Ekspertlar normativ-huquqiy hujjat loyihasiga baho berishda mustaqildirlar va ular ekspertiza oʻtkazishni topshirgan organning nuqtai nazari bilan bogʻliq boʻlmaydi.
Ekspertlarning normativ-huquqiy hujjat loyihasi boʻyicha xulosalari tavsiya xususiyatiga ega va ishlab chiquvchi yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organ tomonidan koʻrib chiqilishi kerak. Xulosaning inobatga olinmagan bandlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar bergan holda maʼlumotnoma tayyorlanadi.
