18-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash tartibi
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-342-son) · Sana: 24.12.2012 · Amalda
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash:
loyihani tayyorlash toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqish va uni tayyorlash haqida qaror qabul qilishni;
loyiha tayyorlashni tashkiliy-texnikaviy va moliyaviy jihatdan taʼminlashni;
zarur materiallar va axborot toʻplashni;
loyihaning konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xatini ishlab chiqishni;
loyihani tuzishni;
huquqiy va boshqa zarur ekspertiza oʻtkazishni oʻz ichiga oladi.
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritishning xususiyatlari “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilanadi.
