8-modda. Xususiy bank va moliya institutlarining majburiyatlari
Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida (O‘RQ-339-son) · Sana: 17.12.2012 · Amalda
Xususiy bank va moliya institutlari:
oʻzlari tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishi;
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashi;
mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan shaxslarning mehnat haqini qonunchilikda Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan oz boʻlmagan miqdorda belgilashi, ular bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilishi, shuningdek ish beruvchi sifatida oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilishi;
mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsizlik texnikasi sohasidagi qonunchilik va normativ hujjatlar talablariga rioya etishi;
raqobat toʻgʻrisidagi va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
joylashgan eri (pochta manzili) va boshqa rekvizitlari oʻzgarganligi haqida qonunchilikka muvofiq tegishli davlat organlarini oʻz vaqtida xabardor qilishi;
buxgalteriya hisobi va hisobotini qonunchilikka muvofiq yuritish talablariga rioya etishi;
oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni tegishli davlat organlariga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etishi shart.
Xususiy bank va moliya institutlari zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
