7-modda. Xususiy bank va moliya institutlarining huquqlari
Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida (O‘RQ-339-son) · Sana: 17.12.2012 · Amalda
Xususiy bank va moliya institutlari:
mustaqil ravishda oʻz faoliyatini amalga oshirishga hamda bank xizmatlari va moliyaviy xizmatlar koʻrsatishga;
bank xizmatlari va moliyaviy xizmatlar bozorida rivojlanish strategiyasini hamda ishtirok etish dasturlarini tanlashga;
oʻz faoliyatidan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olishga va uni taʼsis hujjatlariga muvofiq oʻz xohishiga koʻra tasarruf etishga;
belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga haqli.
Xususiy bank va moliya institutlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
