7-modda
Mintaqaviy aksilterror tuzilma toʻgʻrisida · Sana: 07.06.2002 · Amalda
MATT oʻz faoliyatida terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash masalalari boʻyicha ShHT doirasida qabul qilingan tegishli hujjatlar va qarorlarga tayanib ish koʻradi.
MATT Tomonlarning vakolatli organlari bilan maʼlumotlar almashinuvini ham amalga oshirib, oʻzaro hamkorlik qiladi va ShHTning boshqa organlari talabnomalari boʻyicha tegishli materiallarni tayyorlaydi.
MATT maʼlumotlar bankini tashkil etish va ishlash, shuningdek, tegishli maʼlumotlarni taqdim etish, almashish, foydalanish hamda himoyalash tartibi alohida kelishuvlar bilan tartibga solinadi.
