14-modda
Mintaqaviy aksilterror tuzilma toʻgʻrisida · Sana: 07.06.2002 · Amalda
MATT boʻlib turgan davlat hududida undiriladigan, toʻlanishi zarur boʻlgan aniq xizmat koʻrsatish turlaridan tashqari, toʻgʻridan toʻgʻri barcha soliqlar, boj va boshqa toʻlovlardan ozod qilinadi.
MATT rasman foydalanishi uchun moʻljallangan mulk va ashyolar, Tomonlar hududlarida bojxona bojlari, soliqlar va shular bilan bogʻliq toʻlovlardan ozod etiladi, xalqaro tashkilotlar uchun nazarda tutilgan hamda tegishli bojxona organi tomonidan belgilanmagan joyga yuk tashish, saqlash yoki ushbu tashkilotning ishdan tashqari vaqtida bojxona rasmiy hujjatlarini tayyorlash va shunga oʻxshash xizmat turlari uchun amalga oshiriladigan toʻlovlar bundan mustasno.
