13-modda
Mintaqaviy aksilterror tuzilma toʻgʻrisida · Sana: 07.06.2002 · Amalda
MATT mulki va aktivlari har qanday maʼmuriy yoki sud aralashuvining shaklidan daxlsizdir.
MATT binolari va transport vositalari, shuningdek, uning arxiv hamda hujjatlari, shu jumladan xizmat korespondensiyasi, qayerda joylashganidan qatʼiy nazar, tintuv, rekvizitsiya va musodara yoki har qanday shakldagi uning normal faoliyatiga toʻsqinlik qiluvchi arashuvlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
MATT joylashgan davlatning tegishli hukumat va boshqaruv organlari vakillari MATT binolariga kira olmaydilar, oʻzgacha agar, Direktor yoki uning lavozimini egallab turgan shaxs rozilik berganda va faqat ular maʼqullangan shartlarga koʻra oʻzgarishi mumkin.
MATT joylashgan davlatning tegishli hukumat va boshqaruv organlari qaroriga koʻra, har qanday harakatlarini bajarish, faqat Direktor yoki uning lavozimini egallab turgan shaxsning roziligi asosida MATT binolarida amalga oshirilishi mumkin.
MATT joylashgan davlat uning binosini har qanday bosqinlardan yoki zarar keltirishi mumkin boʻlgan harakatlardan himoya qilish uchun zarur chora-tadbirlarni qabul qiladi.
MATT binolari har qaysi Tomonning qonuni boʻyicha taʼqib qilinayotgan yoki Tomonlardan har qaysinisiga yoki uchinchi davlatga topshirilishi zarur boʻlgan shaxslarga boshpana boʻlib xizmat qila olmaydi.
MATT binolarining daxlsizligi ShHT funksiyalari va vazifalariga toʻgʻri kelmaydigan maqsadlarda foydalanish huquqini bermaydi.
MATT maʼlumotlarni uzatishda maxfiylikni taʼminlovchi shifrlar, kuryerlik va boshqa turdagi aloqa turlaridan foydalanish huquqiga ega. MATT diplomatik kuryerlar va valiza singari immunitet va imtiyozlarga ega boʻlgan kuryer hamda valizalar orqali korrespondansiyalarni olish va joʻnatish huquqiga ega.
Xizmat korrespondensiyasini tashkil etuvchi barcha joylar, ularning xarakterini aks ettiradigan, koʻrinib turadigan tashqi belgilarga va rasman foydalanish uchun moʻljallangan faqat xizmat hujjatlari hamda ashyolarga ega boʻlishi zarur.
Kuryer uning maqomi va xizmat korrespondensiyasini tashkil etuvchi joylar soni koʻrsatilgan rasmiy hujjat bilan taʼminlanishi kerak.
