10-modda
Mintaqaviy aksilterror tuzilma toʻgʻrisida · Sana: 07.06.2002 · Amalda
Kengash mazkur Kelishuv Tomonlaridan tashkil topadi.
Kengash shunday tashkil etilishi zarurki, uning uzluksiz faoliyati taʼminlansin. Buning uchun MATT boʻlgan joyda har bir Tomonning har doim (doimo) vakili boʻlishi zarur.
Kengash vaqti-vaqti bilan majlislarga yigʻilib va bu yigʻinlarda har bir Tomon oʻz ixtiyoriga koʻra taqdim etilishi yoki tegishli vakolatli organ yoki qaysidir boshqa maxsus tayinlangan vakil yoki rahbari tomonidan qatnashishi mumkin.
Kengash mazkur Kelishuvning 6-moddasida koʻrsatilgan MATT asosiy vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
MATTning mazkur Kelishuvda ifoda etilgan vakolatlariga koʻra, Kengash moliyaviy masalalar bilan birga, boshqa barcha masalalarning mohiyati boʻyicha ham majburiy xarakterdagi qarorlar qabul qiladi.
Kengash har yillik MATT faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlarni ShHTga aʼzo — Davlatlar rahbarlari kengashiga taqdim etadi.
Har qanday masala boʻyicha Kengash qarori, agar unga Tomonlardan hech qaysi qarshilik bildirmasa, qabul qilingan hisoblanadi.
Kengash oʻz raisini tanlash tartibi bilan birga oʻz tartib-taomillarini oʻrnatadi.
