“9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (621-II-son) · Sana: 30.04.2004 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati:
terrorchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish yoʻli bilan terrorizmga, shu jumladan xalqaro terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiradi;
terrorchilar, terrorchilik guruhlari va terrorchilik tashkilotlari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplaydi hamda tahlil qiladi, ulardan kelib chiqayotgan tahdidning milliy xavfsizlikka qay darajada xavfli ekanligini baholaydi, tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarga zarur axborotlar taqdim etadi;
terrorchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishidan Davlat chegarasining himoya qilinishi va qoʻriqlanishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali qurol, oʻq-dorilar, portlovchi, radioaktiv, biologik, shuningdek kimyoviy yoki boshqa zaharlovchi moddalarning, terrorchilik harakatini sodir etish maqsadida ishlatilishi mumkin boʻlgan predmet yoki materiallarning noqonuniy olib oʻtilishi oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish choralarini koʻradi;
chegara oldi mintaqasida va chegara oldi zonasida terrorchilarni, terrorchilik guruhlarini aniqlaydi, zararsizlantiradi, qarshilik koʻrsatilgan taqdirda esa ularni yoʻq qilish choralarini koʻradi;
Oʻzbekiston Respublikasining alohida muhim va kategoriyalangan obyektlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan davlat muassasalarini, ushbu muassasalarning xodimlari hamda ularning oila aʼzolarini himoya qilishni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, shuningdek chet el davlatlari, hukumatlari boshliqlari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan davrda mazkur davlat (hukumat) boshliqlari va xalqaro tashkilot rahbarlarining xavfsizligi hamda qoʻriqlanishini taʼminlaydi;
xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida chet el davlatlarining tegishli organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
terrorchilikka qarshi kurashuvchi boʻlinmalarning terrorchilarni, terrorchilik guruhlarini aniqlash, zararsizlantirish va yoʻq qilish hamda terrorchilik tashkilotlarini tugatish ishlari tashkil etilishini taʼminlaydi;
