“12-modda. Jamoat fondi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (621-II-son) · Sana: 30.04.2004 · Amalda
Jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qoʻshish asosida tashkil etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni koʻzlaydigan, aʼzoligi boʻlmagan nodavlat notijorat tashkiloti jamoat fondi deb eʼtirof etiladi.
Jamoat fondiga uning muassislari (muassisi) yoki vasiyat qiluvchi tomonidan oʻtkazilgan mol-mulk fondning mulkidir. Fond muassislari (muassisi) yoki fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilganida vasiyatnomani ijro etuvchi fondning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, fond esa muassislarning (muassisning) yoki vasiyatnomani ijro etuvchining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Jamoat fondining mol-mulkidan fond ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish hamda maʼmuriy xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
Jamoat fondi har yili oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot eʼlon qilib borishi shart”;
5) 21-moddasi:
ikkinchi qismi “chet el” degan soʻzlardan oldin “xalqaro hamda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xalqaro hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlari vakolatxonalari va filiallarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramogʻidagi oila aʼzolarini belgilangan tartibda akkreditatsiya qilishni amalga oshiradi”;
toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin va undagi “ustav maqsadlariga” degan soʻzlar “ustavda belgilangan maqsadlarga hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 22-moddasining beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xalqaro hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun vakolatxona yoki filialning asosiy maqsadlari hamda faoliyat koʻrsatish muddati, shuningdek xodimlarining soni chegarasi ham koʻrsatilgan ariza roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etiladi. Arizaga asosiy tashkilotning rahbarlik qiluvchi markaziy organi tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar ikki nusxada ilova qilinadi:
asosiy tashkilotni tuzish maqsadlari va vazifalari koʻrsatilgan holda ustavning hamda roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning belgilangan tartibda legallashtirilgan nusxalari;
