28-modda. Fermer va dehqon xoʻjaliklarining suv isteʼmolini amalga oshirish kafolatlari
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-328-son) · Sana: 02.05.2012 · Amalda
Fermer va dehqon xoʻjaliklari suv isteʼmolini tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va hududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalari tomonidan ishlab chiqiladigan hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan suv obyektlaridan har yilgi suv olish limitlari asosida boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan teng huquqlarda amalga oshiradi.
Fermer va dehqon xoʻjaliklari uchun suv obyektlaridan suv olish limitlari ularning roziligisiz oʻzgartirilishi mumkin emas, manbalarning suvi kamaygan hollar bundan mustasno.
Fermer va dehqon xoʻjaliklarining suv isteʼmoli huquqini davlat organlari tomonidan cheklashga faqat qonunchilikda belgilangan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
