7-modda. Tovarning monopol yuqori narxi
Raqobat toʻgʻrisida (O‘RQ-319-son) · Sana: 06.01.2012 · Amalda
Tovarning tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan belgilanadigan narxi, agar ushbu narx:
bunday tovarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish uchun zarur boʻlgan xarajatlar hamda foyda summasidan yuqori boʻlsa;
asossiz xarajatlarning oʻrnini qoplashga yoki tovarning sifatini pasaytirish natijasida qoʻshimcha foyda olishga yoʻnaltirilgan boʻlsa, monopol yuqori narxdir.
Tovarning narxi birja savdolari yakunlariga koʻra shakllangan taqdirda, u monopol yuqori narx deb eʼtirof etilmaydi.
Tovarning moliya bozoridagi monopol yuqori narxi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi.
