33-modda. Monopoliyaga qarshi organning koʻrsatmasini ijro etish
Raqobat toʻgʻrisida (O‘RQ-319-son) · Sana: 06.01.2012 · Amalda
Monopoliyaga qarshi organning koʻrsatmasi unda belgilangan muddatda ijro etilishi lozim. Koʻrsatmani muddatida ijro etmaganlik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi.
Monopoliyaga qarshi organning koʻrsatmasini unda belgilangan muddatda ijro etmaganlik deganda koʻrsatmani ijro etishni rad qilish yoki qisman ijro etish yoxud oʻz vaqtida ijro etmaslik tushuniladi.
Monopoliyaga qarshi organ tomonidan koʻrsatma berilgan shaxslar koʻrsatmani ijro etish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida iltimosnoma berishi mumkin. Iltimosnomada koʻrsatilgan holat uzrli deb topilgan taqdirda, monopoliyaga qarshi organ koʻrsatmani ijro etish muddatini uzaytirishga haqli.
Monopoliyaga qarshi organ oʻz koʻrsatmalari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
