3-modda. Ushbu Qonunning qoʻllanilish sohasi
Raqobat toʻgʻrisida (O‘RQ-319-son) · Sana: 06.01.2012 · Amalda
Ushbu Qonun xoʻjalik yurituvchi subyektlar, jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida va (yoki) undan tashqarida sodir etiladigan, Oʻzbekiston Respublikasidagi tovar va moliya bozorlarida raqobatning cheklanishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ushbu Qonun intellektual mulk obyektlariga boʻlgan mutlaq huquqlar bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan ushbu Qonunning 13-moddasida nazarda tutilgan harakatlar mustasno.
Ushbu Qonunning qoidalari tabiiy monopoliyalar subyektlariga nisbatan bu qoidalarning qoʻllanilishi mazkur subyektlarning oʻziga xos vazifalari bajarilishini cheklab qoʻymaydigan holatlarda tatbiq etiladi.
