18-modda. Oldindan rozilik olish tartibi
Raqobat toʻgʻrisida (O‘RQ-319-son) · Sana: 06.01.2012 · Amalda
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga doir harakatlarni amalga oshirishda va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlar tuzishda shaxslar yoki shaxslar guruhlari bu harakatlar sodir etilguniga (bitimlar tuzilguniga) qadar Davlat xizmatlari markazlariga:
harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi arizani;
jismoniy shaxs uchun — arizachining pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid maʼlumotlarni (hujjatning seriyasi va raqami, berilgan sanasi va joyi, hujjatni bergan organ);
arizachi ariza bergan kundan oldingi ikki yil mobaynida yoxud agar faoliyat ikki yildan kamroq muddatni tashkil etsa, faoliyat amalga oshirilgan muddat mobaynida olib borgan faoliyat turlari, ishlab chiqargan va realizatsiya qilgan tovar turlarining nomlari hamda ularning hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
oʻtgan ikki kalendar yilga doir moliyaviy va statistika hisobotini;
shaxslar guruhining tarkibi toʻgʻrisidagi, bu shaxslarning ushbu guruhga kirish asoslari koʻrsatilgan maʼlumotlarni va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha koʻrib chiqilayotgan bitimlarga taalluqli boshqa axborotni taqdim etadi.
Monopoliyaga qarshi organ zarur hujjatlar va maʼlumotlar olingan paytdan eʼtiboran oʻn kalendar kundan kechiktirmay arizachiga qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yozma shaklda xabar qiladi. Aksiyalarning (ulushlarning) ayni bir turkumini olishga oldindan rozilik olish uchun shaxslar yoki shaxslar guruhlari bir vaqtning oʻzida murojaat etgan taqdirda monopoliyaga qarshi organning qarori arizachilarga ayni bir kunda yetkaziladi. Zarur hollarda, agar monopoliyaga qarshi organda harakat (bitim) raqobatning cheklanishiga olib keladi yoki olib kelishi mumkin, shu jumladan tovar yoki moliya bozorida ustun mavqening vujudga kelishi yoxud kuchayishi orqali raqobatning cheklanishiga olib keladi yoki olib kelishi mumkin deb taxmin qilish uchun asoslar paydo boʻlsa, arizani koʻrib chiqish muddati bozorni tegishli tarzda oʻrganish uchun bir oydan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Monopoliyaga qarshi organ, agar:
harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi arizaning qanoatlantirilishi tovar yoki moliya bozorida tegishli xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin boʻlsa;
