15-modda. Birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablar
Raqobat toʻgʻrisida (O‘RQ-319-son) · Sana: 06.01.2012 · Amalda
Birja savdolarini oʻtkazishda raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar, shu jumladan:
birja savdolarini oʻtkazish jarayoniga taʼsir koʻrsatadigan harakatlar, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
birja savdolari ishtirokchilarining kelishib olingan harakatlari natijasida joriy birja narxlarining keskin koʻtarilishiga yoki qatʼiy belgilanishiga olib keladigan harakatlar;
birja savdolarida talabning oʻzgarishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan yolgʻon maʼlumotlarni tarqatish bilan bogʻliq harakatlar taqiqlanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan monopoliyaga qarshi talablarning buzilishi birja savdolari natijalari boʻyicha tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻladi.
