26-modda. Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etgan shaxslar hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash
Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida (167-II-son) · Sana: 15.12.2000 · Amalda
Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etgan shaxs terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazishda halok boʻlgan taqdirda halok boʻlgan shaxsning oila aʼzolariga hamda uning qaramogʻidagi shaxslarga qonunchilikka muvofiq bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi hamda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlanadi.
Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etgan shaxs terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazishda mayib boʻlgan va bu uning mehnat layoqatini yoʻqotishiga hamda nogironlikka olib kelgan taqdirda unga bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi hamda qonunchilikka muvofiq nogironlik pensiyasi tayinlanadi.
Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etgan shaxs terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazishda yarador boʻlgan taqdirda bu uning mehnat layoqatini yoʻqotishiga olib kelmasa, unga qonunchilikka muvofiq bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi.
