16-modda. Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestri
Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida (O‘RQ-303-son) · Sana: 12.10.2011 · Amalda
Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestri geografik obyektlarning nomlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish maqsadida yuritiladigan, ushbu obyektlarning nomlariga taalluqli boʻlgan maʼlumotlarning tizimlashtirilgan toʻplamidir.
Kadastr agentligi geografik obyektlarning nomlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini qonunchilikda belgilangan tartibda Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestriga kiritgan holda amalga oshiradi.
Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirishni amalga oshiruvchi organlar geografik obyektlarga nom berilganligi va ularning nomlari oʻzgartirilganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestriga kiritish uchun oʻn kunlik muddatda Kadastr agentligiga taqdim etishi shart.
Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestriga kiritilgan geografik obyektlarning nomlari haqidagi axborot Kadastr agentligi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
