13-modda. Kredit byurosining huquqlari
Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida (O‘RQ-301-son) · Sana: 04.10.2011 · Amalda
Kredit byurosi:
kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida shartnomalar tuzishga, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa bitimlar tuzishga;
kredit axborotini yetkazib beruvchilardan xolis, ishonchli va yangilangan kredit axboroti taqdim etishini talab qilishga;
kredit axborotidan foydalanuvchilarga kredit axboroti subyektlarining kredit qobiliyatini, moliyaviy holatini, toʻlov qobiliyatini va toʻlov intizomini baholashda koʻmaklashish maqsadida maslahat xizmatlari hamda boshqa xizmatlar koʻrsatishga;
kredit axborotini yetkazib beruvchilarga kredit axborotini taqdim etishda koʻmaklashishga;
kredit axboroti subyektlari reyting bahosini hisoblash uslubini ishlab chiqish va undan foydalanishga;
boshqa kredit byurolaridan kredit axborotini soʻrab olishga haqli.
Kredit byurosi qonunchilik va kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
