39-modda. Karserda saqlash shart-sharoitlari
Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida (O‘RQ-298-son) · Sana: 29.09.2011 · Amalda
Karserda qamoqqa olinganlarni yakka saqlash belgilanadi.
Karserda qamoqqa olinganlar yotish uchun alohida joy va koʻrpa-toʻshak bilan faqat tungi uxlash vaqti uchun taʼminlanadi.
Karserda saqlash vaqtida qamoqqa olinganlarning yozishmalari, himoyachi, qonuniy vakil bilan uchrashuvlardan tashqari uchrashuvlari, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olishi, posilkalar, yoʻqlovlar hamda banderollar olishi, stol ustida oʻynaladigan oʻyinlar, kitoblar va davriy matbuot nashrlaridan foydalanishi taqiqlanadi. Posilkalar, yoʻqlovlar hamda banderollar qamoqqa olinganlarga ularning karserda boʻlish muddati tugaganidan keyin topshiriladi.
Karserda saqlanayotgan qamoqqa olinganlar har kuni bir soat davom etadigan sayrdan foydalanish huquqiga ega.
Karserda saqlanayotgan qamoqqa olinganlarga nisbatan ushbu moddada nazarda tutilmagan cheklashlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
