34-modda. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning majburiyatlari
Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida (O‘RQ-298-son) · Sana: 29.09.2011 · Amalda
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar:
ushbu Qonunda va ichki tartib qoidalarida belgilangan qamoqda saqlash tartibi va shart-sharoitlariga rioya etishi;
qamoqda saqlash joyi maʼmuriyatining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek qamoqda saqlash joylari xodimlarining va tartibni taʼminlovchi boshqa shaxslarning xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilmasligi;
shaxsiy gigiyena va sanitariya talablariga rioya etishi;
yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etishi;
qamoqda saqlash joylarining mol-mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishi;
kameralar va boshqa xonalarni navbat tartibida tozalab turishi;
boshqa shaxslarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi xatti-harakatlarni sodir etmasligi;
oʻz hayoti va sogʻligʻiga, shuningdek boshqa shaxslarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi xatti-harakatlarni qasddan sodir etmasligi shart.
Ushbu Qonunda belgilangan majburiyatlardan tashqari, ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning zimmasida Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida gumon qilinuvchi va ayblanuvchi uchun nazarda tutilgan majburiyatlar boʻladi.
