Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Ishni koʻrayotgan sud dalillarni boshqa tuman yoki shaharda toʻplash zarur boʻlgan taqdirda, tegishli sudga muayyan protsessual harakatlarni amalga oshirishni topshiradi.
Sud topshirigʻi ajrim bilan rasmiylashtirilib, unda koʻrilayotgan ishning mohiyati, aniqlanishi zarur boʻlgan holatlar, topshiriqni bajaradigan sud toʻplashi lozim boʻlgan dalillar koʻrsatiladi. Bu ajrim qaysi sud nomiga yozilgan boʻlsa, oʻsha sud uchun majburiy boʻlib, oʻn besh kunlik muddat ichida bajarilishi lozim.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-186105
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 65-modda. Sud topshiriqlari Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-186098/65 (lex.uz/docs/-186105)