Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Sudya ushbu Kodeksning 152-moddasida koʻrsatilgan asoslarga koʻra arizani qabul qilishni rad etar ekan, bu haqda ariza tushgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida asoslantirilgan ajrim chiqaradi. Basharti ish sudga taalluqli boʻlmasa, sudya ajrimda arizachi qaysi organga murojaat qilishi kerakligini yoki ish qoʻzgʻatishga toʻsqinlik qilayotgan holatlarni qanday bartaraf etishni koʻrsatishi shart.
Ariza ilovalar va ajrimning nusxasi bilan birgalikda daʼvogarga qaytariladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-186105
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 153-modda. Arizani qabul qilishni rad etishni rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-186098/153 (lex.uz/docs/-186105)