Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Sudlarga daʼvo arizalari, organlar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyatlar, alohida tartibda yuritiladigan ishlar boʻyicha arizalar, sudlarning hal qiluv qarorlari ustidan apellatsiya, kassatsiya tartibida shikoyatlar va nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisida arizalar, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida arizalar, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisida arizalar berganlik uchun, shuningdek sudlar tomonidan hujjatlarning nusxalari berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji undiriladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-186105
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 104-modda. Davlat boji Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-186098/104 (lex.uz/docs/-186105)