92-modda. Daʼvoning bahosi
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Daʼvoning bahosi quyidagicha aniqlanadi:
1) pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — undiriladigan summaga qarab;
2) ijro etish hujjatini yoki undirish soʻzsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan boshqa hujjatni ijro etish mumkin emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — nizolashilayotgan summaga qarab;
3) mol-mulkni talab qilib olish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — shu mol-mulkning qiymatiga qarab;
4) yer uchastkasini talab qilib olish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — yer uchastkasining belgilangan bahoda, bahosi boʻlmasa — bozor bahosida chiqarilgan qiymatiga qarab.
Daʼvoning bahosiga daʼvo arizasida koʻrsatilgan neustoyka (jarima, penya) summalari ham kiritiladi.
Bir necha mustaqil talablardan iborat boʻlgan daʼvoning bahosi barcha talablarning summasi bilan belgilanadi.
Daʼvoning bahosi notoʻgʻri koʻrsatilgan taqdirda u xoʻjalik sudi tomonidan belgilanadi.
