90-modda. Sud xarajatlarining tarkibi
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Sud xarajatlari davlat bojidan va ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlardan: sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq pochta xarajatlaridan, xoʻjalik sudi tayinlagan ekspertizani oʻtkazish, guvohni chaqirish, dalillarni oʻz joyida koʻzdan kechirish uchun toʻlanishi kerak boʻlgan summa sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek ishni koʻrish bilan bogʻliq boshqa xarajatlardan tashkil topadi.
Sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq pochta xarajatlarining taxminiy summasi xoʻjalik sudi tomonidan belgilanadi va daʼvogar tomonidan xoʻjalik sudining depozit hisobvaragʻiga oʻtkazib qoʻyilishi kerak.
Sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarning summasi xoʻjalik sudi tomonidan belgilanadi va ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ushbu Kodeksning 95-moddasiga muvofiq undiriladi.
