77-modda. Daʼvoni taʼminlash choralari
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Quyidagilar daʼvoni taʼminlash choralari boʻlishi mumkin:
1) javobgarga tegishli boʻlgan mol-mulk yoki pul mablagʻlarini xatlab qoʻyish;
2) javobgarga muayyan harakatlarni qilishni taqiqlash;
3) boshqa shaxslarga nizo predmetiga aloqador boʻlgan muayyan harakatlarni qilishni taqiqlash;
4) daʼvogar nizolashayotgan, undirish soʻzsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati yoki boshqa hujjat boʻyicha undirishni toʻxtatib turish;
41) davlat organining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining nizolashilayotgan hujjati ijrosini toʻxtatib turish;
5) mol-mulkni xatlashdan ozod qilish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etilgan taqdirda uni realizatsiya qilishni toʻxtatib turish.
Zarur hollarda daʼvoni taʼminlash uchun bir necha chora qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Xoʻjalik sudi daʼvoni taʼminlashga yoʻl qoʻyar ekan, javobgarning iltimosnomasiga koʻra daʼvogardan javobgar koʻrishi mumkin boʻlgan zarar qoplanishining taʼminlovini talab qilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismi 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan choralarga rioya etmaganlik uchun tashkilotlar va fuqarolardan respublika budjeti daromadiga quyidagicha jarima undiriladi:
baholanadigan daʼvolar boʻyicha — daʼvo bahosining ellik foizigacha miqdorda;
baholanmaydigan daʼvolar boʻyicha — eng kam ish haqining ikki yuz baravarigacha miqdorda.
Xoʻjalik sudining daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimini ijro etmaslik bilan yetkazilgan zararni qoplashni daʼvogar oʻsha xoʻjalik sudida daʼvo taqdim etish yoʻli bilan talab qilishga haqli.
