66-modda. Ashyoviy dalillarni qaytarish
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Xoʻjalik sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgach ashyoviy dalillar kimdan olingan boʻlsa, oʻsha shaxslarga qaytarib beriladi yoxud sud shu ashyolarga kimning huquqi bor deb topgan boʻlsa, oʻsha shaxslarga beriladi yoki sud belgilaydigan boshqa tartibda realizatsiya qilinadi.
Ayrim hollarda xoʻjalik sudi ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirib va tekshirib chiqqanidan keyin basharti, ashyoviy dalillarni taqdim etgan shaxslar ularni qaytarib berishni iltimos qilgan boʻlsalar va bunday iltimosnomaning qanoatlantirilishi nizoning toʻgʻri hal etilishiga zarar keltirmasa, ular kimdan olingan boʻlsa, oʻsha shaxslarga ish yuritish jarayonida qaytarib berilishi mumkin.
Xoʻjalik sudi ashyoviy dalillarni qaytarish masalalari yuzasidan ajrim chiqaradi.
Qonunga muvofiq ayrim shaxslarning egaligida turishi mumkin boʻlmagan ashyolar tegishli tashkilotlarga topshiriladi.
