24-modda. Xoʻjalik sudi tomonidan hal etiladigan nizolar
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Xoʻjalik sudi quyidagilarni hal etadi:
1) tuzilishi qonunda nazarda tutilgan shartnoma yuzasidan chiqqan kelishmovchiliklar yoki shartnoma yuzasidan chiqqan boʻlib, hal etish uchun xoʻjalik sudiga topshirish haqida taraflar oʻzaro kelishgan ixtiloflar;
2) shartnoma shartlarini oʻzgartirish yoki shartnomani bekor qilish haqidagi nizolar;
3) mulk huquqini tan olish toʻgʻrisidagi nizolar;
4) majburiyatlar bajarilmaganligi yoki tegishli darajada bajarilmaganligi toʻgʻrisidagi nizolar;
5) mulkdor yoki mulkning boshqa qonuniy egasi tomonidan mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish toʻgʻrisidagi nizolar;
6) mulkdorning yoki mol-mulkning boshqa qonuniy egasining huquqlari egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan holda buzilganligi toʻgʻrisidagi nizolar;
7) yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi nizolar;
8) shaʼn, qadr-qimmat va ishchanlik obroʻsini himoya qilish toʻgʻrisidagi nizolar;
10) undirish soʻzsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjatini yoki boshqa hujjatni ijro etilishi mumkin emas deb topish toʻgʻrisidagi nizolar;
11) davlat roʻyxatiga olishni rad etganlik yoki belgilangan muddatda davlat roʻyxatiga olishdan bosh tortganlik ustidan berilgan shikoyat;
12) agar qonunda soʻzsiz (akseptsiz) tartibda jarima undirilishi nazarda tutilmagan boʻlsa, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tashkilotlar va fuqarolardan jarimalar undirish toʻgʻrisidagi nizolar;
13) nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun hujjatlarining talablarini buzgan holda soʻzsiz (akseptsiz) tartibda hisobdan chiqarilgan pul mablagʻlarini budjetdan qaytarish toʻgʻrisidagi nizolar.
Xoʻjalik sudi oʻzining vakolat doirasiga kiritilgan boshqa nizolarni ham hal qiladi.
