205-modda. Ariza berish tartibi va muddati
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan shu hujjatni qabul qilgan xoʻjalik sudiga sud hujjatini qayta koʻrish uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi holatlar ochilgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay berilishi mumkin.
Arizaga uning nusxalari va unga ilova qilingan hujjatlarning nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Ariza belgilangan muddat oʻtgandan keyin berilsa va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma boʻlmasa yoxud ariza nusxalari va unga ilova qilingan hujjatlarning nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmasa, u sudya tomonidan arizachiga qaytariladi.
Arizani qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
