187-modda. Kassatsiya instansiyasining vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Kassatsiya instansiyasi xoʻjalik sudi ishni koʻrganidan keyin quyidagilarga haqli:
1) birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini toʻla yoki qisman bekor qilish hamda yangi qaror qabul qilishga;
3) birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini, ushbu Kodeks 188-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, bekor qilish hamda ishni hal qiluv qarori bekor qilingan xoʻjalik sudi instansiyasiga yangidan koʻrish uchun yuborishga;
4) birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini oʻzgartirishga;
5) birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini toʻla yoki qisman bekor qilish va ish yuritishni tugatish yoxud daʼvoni toʻla yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga;
6) avval qabul qilingan hal qiluv qarorlaridan birini kuchda qoldirishga.
